Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.08.2017 18:48 Chop etish versiyasi

Yangicha ishlash rejasi belgilandi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 12-iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili va istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida partiya tizimini yanada takomillashtirish, elektorat bilan aloqalarni mustahkamlash, dasturiy vazifalarni bajarish kabi masalalar yuzasidan bildirgan tanqidiy fikrlari muhokama qilindi.

Mazkur videoselektordan so‘ng parlament palatalari a’zolari, partiyalar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida ham yangicha yondashuvlarni payqash mumkin. Jumladan, partiya tashkilotlari, xususan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlari o‘rtasida aloqaning uzviyligini ta’minlash, tuman Kengashlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Partiyaning Toshkent shahar kengashi yangi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Unda aholi bilan muloqotlarni muntazam tashkil etish, muammolarini hal etishda ko‘maklashish, uyushmagan yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ahamiyatli chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda partiyaning “Yoshlar qanoti” faoliyatini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda partiyaning Toshkent shahar kengashi va deputatlik guruhi faoliyatining joriy yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
2 071






Все о погоде - Pogoda.uz