O‘zA O`zbek

10.08.2018 18:07 Chop etish versiyasi

Yangi uylar egalariga topshirildi

Yangi uylar egalariga topshirildi
Farg‘ona shahrining Mustaqillik shaharchasida 7 qavatli 10 ta uy foydalanishga topshirildi.

“Marg‘ilon ixtisoslashtirilgan ta’mir qurilish” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan zamonaviy me’morchilik andozalari asosida qad rostlagan uylarda farovon turmush uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Uylar atrofida bolalar o‘yin maydonchalari, avtomobillar qo‘yish joyi va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etilgan.

–Ikki xonali zamonaviy uyga ko‘chib o‘tdik, - deydi yangi uy sohibi Navro‘zbek Mamatqulov. – Bu mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida oilamiz uchun katta tuhfa bo‘ldi. Uch farzandimni munosib turmush sharoitida voyaga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman.

7 (1).JPG

8 (1).JPG

11.JPG


Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA
3 516