O‘zA O`zbek

02.09.2018 09:20 Chop etish versiyasi

Yangi uy kalitlari oʻz egalariga topshirildi

Yangi uy kalitlari oʻz egalariga topshirildi
Yurtimizda aholini uy-joy bilan taʼminlash, buning uchun zamon talablariga toʻla javob beradigan koʻp qavatli uylar bunyod etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunda kam taʼminlangan oilalarga moʻljallangan arzon uy-joylar qurilishi ham nazardan chetda qolayotgani yoʻq.

гп.jpg

Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – mamlakatimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Navoiy shahrida 7 qavatli, har biri 42 xonadondan iborat 10 ta koʻp qavatli turar-joy binolari foydalanishga topshirildi.

ен.jpg

“151-QMP” va “Temur Malik” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari bunyodkorlarining mehnati tufayli qisqa muddatda qurib bitkazilgan obyektlarning ochilish marosimi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

еомп.jpg

– Biz 3 xonali uyning sohibi boʻldik, – deydi fuqaro Sh.Barnoyev. – Bu bizga mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga unutilmas bayram sovgʻasi boʻldi.

м.jpg

Shuningdek, shaharning Mahmud Torobiy koʻchasida ham 2 ta 5 qavatli turar-joy binolarining egalariga topshirish marosimi aholi uchun bayramga munosib tuhfa boʻldi.

Nuriddin Rahimov, OʻzA
1 874