Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2018 23:34 Chop etish versiyasi

Yangi universitet jurnalistika rivojiga xizmat qiladi

Yangi universitet jurnalistika rivojiga xizmat qiladi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻz olganlar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tashkil etilgani kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlash borasidagi yana bir muhim qadam boʻlganini taʼkidladi.

Tadbirdauniversitet rektori Sh.Qudratxoʻjayev barchani samimiy qutlab, hamkor tashkilotlar vakillariga sertifikatlar topshirdi.

Marosimda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taqdimotiga bagʻishlanganfilm namoyish etildi.

...Hayajonli damlar. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi lentalari kesildi.

– 2018/2019 yilgi oʻquv yili tantanali boshlandi, – deydi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti dekani Nozima Muratova. – Oʻquv auditoriyalarining har birida media mahsulotlarni uzatish, koʻrish imkoniyati yaratilgan, dars jadvallari ham elektron tarzda yoʻlga qoʻyilan. Bakalavr bosqichida esa 8, magistratura bosqichida 9 yoʻnalishda talabalarimiz bilim oladi.

–Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur universitet talabasi boʻlish sharafiga muvaffaq boʻldim, – deydi Dilshoda Olimova. – Kelajakda oʻzbek jurnalistikasini jahonga tanitadigan salohiyatli kadr boʻlib yetishishga bor kuchimni sarflab, harakat qilaman.

Ochilish marosimidan soʻng mehmonlar universitetda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov soʻzga chiqdi.

Inobat Ahatova, OʻzA
1 986