Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.06.2017 19:44 Chop etish versiyasi

Yangi tizim yangiliklari

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahar sud ijrochilari departamenti vakillari, fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirok etgan tadbirda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq yurtimizda barcha sohalarda izchil islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni elektr va gaz ta’minoti sohasida boshqaruv tizimi, nazorat qilish hamda hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, pirovardida aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatining oshishiga xizmat qilmoqda.

– Ushbu hujjat elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘planib qolgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, energiya resurslari bo‘yicha debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish hamda elektroenergetika va gaz tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ijro ishi yuritish samaradorligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi, – deydi Samarqand viloyati prokuraturasi katta prokurori G‘.Toshniyozov. – Farmonga ko‘ra, tugatilayotgan sud departamentining O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalari, funksiyalari, vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga o‘tkaziladi. Shuningdek, byuroga energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish, yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan so‘zsiz undirish va boshqa bir qator vakolatlar berilmoqda.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytardi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
2 670






Все о погоде - Pogoda.uz