O‘zA O`zbek

15.03.2019 18:52 Chop etish versiyasi

Yangi texnologiyalarni jalb qilish rejalashtirmoqda

Yangi texnologiyalarni jalb qilish rejalashtirmoqda

Milliy matbuot markazida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 noyabrdagi “Oʻzbekneftgaz” AJning 2017-2021 yillar uchun mineral xom ashyo bazasini qayta ishlash va rivojlantirish Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan soʻnggi ikki yilda 11 neft va gaz koni ochilib, uglevodorod xomashyo zaxiralari koʻpaydi.

Tadbirda ushbu Dasturga asosan 2019 yilda yangi uglevodorod konlarini ochish orqali sanoat miqyosidagi tabiiy gaz, neft va kondensat zaxiralarini oshirish moʻljallanayotganligi taʼkidlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli korxonalar tomonidan 154 ta konda uglevodorod xomashyosi qazib chiqariladi. Mazkur yoʻnalishda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda. Yirik konlarni jihozlash va ishga tushirish evaziga mavjud uglevodorod qazib chiqarish hajmlarini koʻpaytirishga erishilgan.

Shuningdek, konlarni ishlatish samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ xorijiy kompaniyalarning texnologiyalarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

G.BOBOYEVA, OʻzA muxbiri
635