O‘zA O`zbek

07.08.2018 17:23 Chop etish versiyasi

Yangi tayinlovlar

Yangi tayinlovlar

1.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 7-avgustdagi buyrug‘iga asosan, Nigmadjanov Uygun Uchkunovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Nigmadjanov 1981-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Yunusobod tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2007-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, boshqarma prokurori, katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012-yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.




2.jpgO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 7-avgustdagi buyrug‘iga asosan, Nabiyev Olimjon Burxonovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O.Nabiyev 1987-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2011-yilda Zangiota tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2015-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, boshqarma tergovchisi, katta tergovchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi katta prokurori lavozimida ishlagan.





O‘zA
2 657