O‘zA O`zbek

28.08.2018 20:45 Chop etish versiyasi

Yangi korxonaning yillik quvvati 150 ming tonnani tashkil etadi

Yangi korxonaning yillik quvvati 150 ming tonnani tashkil etadi
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati maʻlumot berishicha, bugungi kungacha mamlakatimizda 14 ta sement ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yiliga 9,2 million tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Kuni kecha oʻz faoliyatini boshlagan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yillik quvvati 1 million 500 ming tonna sement ishlab chiqarish korxonasi bu boradagi oʻzgarishlarda muhim qadam boʻldi.

Yurtimizda joriy yil yakuniga qadar yillik quvvati 3 million tonnadan ziyod boʻlgan 8 ta, 2019 yilda yillik quvvati 4,7 million tonna boʻlgan 9 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati bu kabi ezgu ishlarga munosib hissa qoʻshib, mamlakatimizning barcha hududlarida qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan korxonalar sonini koʻpaytirish orqali aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʻminlashga katta ahamiyat qaratmoqda.

Jamiyat tarkibidagi yana bir korxona – “Oq oltin kapital servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati negizida yangi loyiha amalga oshirildi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan mazkur yangi korxonaning yillik quvvati 150 ming tonna sement ishlab chiqarishga moʻljallangan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 33 milliard 100 million soʻm boʻlib, 22 milliard 700 million soʻm tashabbuskorning oʻz mablagʻi hamda 10 milliard 400 ming soʻm tijorat banki kredit mablagʻlarihisobiga toʻgʻri keladi.

Mahalliy va xorij texnologik uskunalariga ega yangi quvvatsutkasiga 400 tonna sifatli, M-400 markali va portlandsement ishlab chiqara boshlaydi. Ikki smenada tashkil etilayotgan korxona faoliyati 120 nafar fuqaroni ishli qiladi.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA
1 704