O‘zA O`zbek

12.07.2020 Chop etish versiyasi

Yangi korxonada 300 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlandi

Yangi korxonada 300 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlandi

Andijon viloyati Marhamat tumanida “Kasaba tekstil hamkor” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.

Loyiha qiymati 6,5 milliard soʻmga teng korxona Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda tadbirkor Quvonchbek Haydarov hamkorligida teng sherikchilik asosida barpo etildi.

2.JPG

6.JPG

Taʼkidlash joiz, mazkur loyihaga Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish boʻyicha respublika ishchi guruhining tuman hududidagi oʻrganishlaridan soʻng asos solingandi. Xususan, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tomonidan kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan loyiha uchun 3 milliard soʻm yoʻnaltirildi. Bundan tashqari, tashabbuskor tadbirkorning 3,5 milliard soʻm mablagʻi sarflandi. Korxona ish boshlagach, 300 nafar mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi. Ularning aksariyati ogʻir ijtimoiy sharoitdagi hamda ish izlab yurgan xotin-qizlardir.

Yaqin kelajakda korxonada ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish hamda ish oʻrinlari sonini 600 taga yetkazish moʻljallangan.

3 136
Zuhriddin UMURZOQOV(surat), OʻzA