O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

YANGI KITOB: “Uzbechka“ endi rus tilida

YANGI KITOB: “Uzbechka“ endi rus tilida

“Veche“ nashriyoti isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi Baxtiyor Abdugʻafurning “Uzbechka“ asarini rus tilida chop etdi.

Kitob “Yangi asr avlodi“ nashriyotida oʻzbek tilida chop etilib, kitobxonlari sevgisiga sazovor boʻlgan edi. Asarda oʻzbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qilinadi. Urush dahshati, ayriliq va odamlarning mashaqqatli hayoti, qiyinchiliklari aks ettirilgan.

Asarni tarjimon Muhabbat Yoʻldosheva mahorat bilan rus tiliga tarjima qilgan.

4 031
OʻzA