O‘zA O`zbek

03.06.2020 Chop etish versiyasi

YANGI KITOB: “Portobello jodugari”

YANGI KITOB: “Portobello jodugari”

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi “Alkimyogar” asari bilan dovrugʻ qozongan mashhur yozuvchi Paulo Koelʼoning “Portobello jodugari” asarini qayta chop etdi.

Inson ishonch bilan yashash uchun jasoratni qayerdan oladi? “Portobello jodugari” asarida ana shu savolga javob topish mumkin. Asarda Ruminiyada loʻli oilasida tugʻilib, beyrutlik oʻziga toʻq xonadonda ulgʻaygan Shirin Halilning muhabbat, azob, mashaqqat va murakkabliklar girdobida Afinaga aylanishi mahorat bilan tasvirlangan.

Asarni Shuhrat Sattarov tarjima qilgan. Kitob Navroʻz Bekmurod muharrirligida nashrga tayyorlangan.

1 230
OʻzA