Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.01.2018 19:45 Chop etish versiyasi

Yangi farmon: 2018-yil 1-fevraldan iste’mol tovarlarini tovar-xom ashyo birjalarida sotishga ruxsat beriladi

2018-yil 1-fevralidan iste’mol tovarlarini respublika tovar-xom ashyo birjalarida sotish (sotib olish)ga taqiq bekor qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keltirilmoqda.

Shuningdek, mazkur hujjatda shakar ishlab chiqaruvchilar 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga import xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinishi aytilgan.

Iste’mol tovarlarini tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmaydi.

Farmonning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

10 916