O‘zA O`zbek

14.08.2018 15:16 Chop etish versiyasi

Yangi eraning jiddiy loyihalari

Yangi eraning jiddiy loyihalari
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda IT sohasini rivojlantirish, “Elektron hukumat”ni targ‘ib qilish va davlat xizmatlari taqdim etilishi sifatini oshirish uchun innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari alohida belgilangan.

Tomonlar hamkorlikda AKTni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ravnaqiga hissa qo‘shadilar. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot, “aqlli shahar” va innovatsion infrastruktura loyihalari doirasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

N.Usmonova, O‘zA
2 496