O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 21:09 Chop etish versiyasi

Yangi oʻquv yili yangi binoda

Fargʻona shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 420 oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

Taʼlim muassasasining ochilishiga bagʻishlangan tadbirdadavlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, faxriylar va oʻquvchilar ishtirok etdi. Keng va yorugʻ sinf xonalari zamonaviy jihozlangan bilim maskanida 2 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladi. Yangi oʻquv binosini “Mirza saodat” masʼuliyati cheklangan jamiyat bunyodkorlari qisqa vaqtda qurib bitkazdi.

Muqimjon Qodirov (surat) OʻzA