O‘zA O`zbek

12.09.2018 19:55 Chop etish versiyasi

Yana yuz nafardan ortiq fuqaro ishli boʻldi

Yana yuz nafardan ortiq fuqaro ishli boʻldi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati mahalliy davlat hokimliklari bilan yaqin hamkorlikda, mamlakatimizning barcha hududlari, shu jumladan, Samarqand viloyatida ham qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar sonini koʻpaytirish, ishlab chiqarish hajmi va quvvatlarini oshirish hamda hududlarda yashayotgan aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Urgut tumanida “Urgut” maxsus iqtisodiy hududida “Sam dray fruits” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidanyiliga 275 ming kvadrat metr sendvich panellar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Qiymati jami 10,4 milliard soʻm boʻlgan mazkur loyihaning400 million soʻmi tashabbuskor mablagʻi, 10 milliard soʻmi esa xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankikredit mablagʻi hisobiga toʻgʻri keldi.Natijada26 yangi ish oʻrni yaratildi.

Pastdargʻom tumanida “Gamma vindovs sistem” masʼuliyati cheklangan jamiyatida PVX profillarini ishlab chiqarish loyihasi sabab 50 nafar mahalliy yoshlar yangi ish oʻrniga ega boʻldi. Jami 30,2 milliard soʻm boʻlgan loyiha qiymatining 5,8 milliardi tashabbuskorniki, 24,4 milliard soʻm ekvivalentida xorijiy investitsiya mablagʻidir.

Urgut tumanidagi “Gayturus hamkor” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan akfa eshik va romlar ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha jami 160 million soʻmlik ishlar bajarildi. 5 ta yangi ish oʻrni vujudga keltirilgan loyihaning 50 million soʻmi tashabbuskor mablagʻiga toʻgʻri keladi. 110 million soʻmi esa xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan ajratilgan.

Paxtachi tumanidagi “Madina savdo belgisi” xususiy korxonasida temir beton mahsulotlari va blok gʻisht ishlab chiqarishi quvvati ishga tushirildi. 4,6 milliard soʻm boʻlgan mazkur loyiha tufayli 20 nafar tuman aholisi muqim ish bilan taʼminlandi.

Payariq tumanidagi “Payariq niholi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida pishgan gʻisht ishlab chiqarish loyihasi tashabbuskorning

400 million soʻmlik mablagʻi evaziga amalga oshirilib, 6 yangi ish oʻrni ochildi.

Narpay tumanidagi “Said Eshmonov” xususiy korxonasi tomonidan quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish loyihasi amaliyotga tatbiq etildi. Umumiy qiymati 140 millionsoʻm boʻlib, tashabbuskorning 40 million soʻm oʻz mablagʻi va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan ajratilgan 100 million soʻm kredit mablagʻ hisobiga yettitayangi ish oʻrni yaratildi.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA
1 266