O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Yakkasaroy tumanidagi mahallada chiqindilarni saralash bo‘yicha sinov loyihasi boshlandi

Yakkasaroy tumanidagi mahallada chiqindilarni saralash bo‘yicha sinov loyihasi boshlandi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida chiqindilarni saralash bo‘yicha ilk loyiha ishga tushirildi.

Dastlabki bosqichda loyiha tumanning Sirojiddinova ko‘chasi bo‘ylab («Bratskie mogili»ga parallel ko‘cha) amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish jarayonida har biri 120 litrdan iborat 630 ta plastik idishlar mahalla aholisiga tarqatiladi. Ushbu hududni loyihalash jarayonida maishiy chiqindilar uyda tartibga solinadi.

Plastik idishlarning ranglari svetofordagi kabi tanlandi: oshxona va maishiy organik chiqindilar uchun yashil, plastik, qog‘oz, metall va boshqa quruq chiqindilar uchun sariq rang va yuqoridagi idishlar uchun yaroqsiz qolgan chiqindilar uchun qizil rang.

BMT ko‘ngillilari va “Maxsustrans” DUKning Yakkasaroy filiali xodimlari yordamida barcha konteynerlar foydalanishga topshiriladi.

Chiqindilarni har bir chiqindi turi uchun alohida maxsus mashina olib chiqadi, ya’ni har bir idish uchun alohida mashina keladi. Masalan, dushanba kuni sariq konteyner tarkibi chorshanba yashil va juma kuni qizil rangdagi konteyner chiqindisi olib chiqiladi.

Loyihani «Maxsustrans» DUK, BMTTD loyihasi va Toshkent shahar hokimiyati hamkorlikda amalga oshirmoqda.

3 dekabr kuni mahalla aholisiga ushbu tajriba va uning kutilayotgan natijalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Keyinchalik tajriba natijalari to‘g‘risida ma’lumot berib boriladi.

1 190
O‘zA