Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlatimiz rahbarining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Gʻofurjon Shukurov umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni amaliyotga joriy etish hamda yangi ilgʻor innovatsion uslublarni qoʻllagan holda bojxona xizmatini soddalashtirilgan shaffof tizimga aylantirishga alohida eʼtibor berilayotganini taʼkidladi.

Xususan, 2019-2021-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Dout-ota”, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama”, “S.Najimov”, “Gʻishtkoʻprik”, “Oybek”, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Doʻstlik”, “Madaniyat”, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” hamda Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining “Oʻzbekiston” bojxona postlariga tutash joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy bojxona terminallari bunyod etiladi. Kelgusida mazkur bojxona terminallarining barchasida kuniga 3,4 mingdan ortiq avtotransport vositasini oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.

Bugungi kunda tovar va transport vositalari uchun ham bojxona nazoratida maxsus yoʻlaklar joriy etilgan. Jumladan, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yoʻlaklar ishga tushirilgan boʻlsa, 2019-yil 1-martidan boshlab, “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar amaliyotga joriy etildi. Ushbu tizim tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda qonunbuzilishini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol oʻynamoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda "Xavfni boshqarish” axborot tizimi orqali tovarlar partiyasining 84 foizi “yashil” yoʻlak orqali bojxona koʻrigi oʻtkazilmasdan rasmiylashtiruvi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi haqida ham maʼlumot berildi. Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish 2021-yil 1-yanvar qilib belgilangan edi. Lekin bu boradagi ishlarni joriy yilning oʻzida boshlash rejalashtirilgan. Ushbu xizmat eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha qogʻozbozlik va byurokratik toʻsiqlarning olib tashlanishiga xizmat qiladi.

– Mazkur tizimda tashqi iqtisodiy faoliyatga taalluqli hujjatlar, standartlashtirilgan maʼlumotlar yagona oʻtkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etiladi, – dedi Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi boshligʻi Ilhom Muxtorov. – Buning natijasida tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlar almashinuvida maxfiylik va xavfsizlik taʼminlanadi. Tadbirkorlik subyektlari ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatishi mumkin boʻladi.

Qayd etilishicha, sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bojxona sohasining barcha yoʻnalishlari dinamikasiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Xususan, 2018-yilda 11,5 trillion soʻm, 2019-yilning 8 oyida 9,9 trillion soʻm bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga undirildi. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va davlat dasturlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2018-yilda 47,5 trillion soʻm, joriy yilning 8 oyida 39,5 trillion soʻm bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar berildi.

Biroq davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyat, yaratilayotgan sharoitdan qonunga xilof ravishda foydalanayotganlar hamon uchramoqda. 2018-yilda bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring va tahlil natijasida 207 ta xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan 185,1 milliard soʻmdan ortiq bojxona toʻlovlari bilan bogʻliq imtiyozlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi. Bu borada olib borilgan targʻibot va tashviqot ishlariga qaramay joriy yilning 8 oyida 60 ta xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan 30,5 milliard soʻmlik imtiyozlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holati fosh etilib, qonuniy choralar koʻrildi.

Matbuot anjumanida soha xodimlari bojxona qonunchiligi, bojxona rasmiylashtiruvidagi oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berdi. Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi byurokratik toʻsiqlarga barham beradi