Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2018 20:37 Chop etish versiyasi

Xususiy maktab ish boshladi

Xususiy maktab ish boshladi Jizzax shahrida “Asia School” xususiy maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Maktabning sinf xonalari, oshxona, sport zali zamonaviyjihozlangan. Dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

– Eng ilgʻor taʼlim uslublari asosida matematika, ingliz va nemis tillarini chuqur oʻqitishga ixtisoslashgan maktabimizda dars oʻzbek va rus tillarida olib boriladi, – deydi maktab direktori Asilbek Ubaydullayev. – Birinchi oʻquv yilida maktabimizning 1, 2 va 3-sinflariga 200 oʻquvchi qabul qilindi. Oʻquvchilarga asosiy fanlardan tashqari ularning qiziqishiga qarab shaxmat, musiqa, tasviriy sanʼat, gimnastika toʻgaraklarida mashgʻulotlar oʻtiladi.

Maktabning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etgan ota-onalar, viloyat, shahar xokimliklari, shahar jamoatchiligi vakillari muassasada yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) OʻzA
1 673