Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2018 12:38 Chop etish versiyasi

Xotirasini yo‘qotgan Dmitriy Pitko vataniga qaytdi

Xotirasini yo‘qotgan Dmitriy Pitko vataniga qaytdi
Toshkent shahar IIBB asli Rossiya fuqarosi bo‘lgan Dmitriy Pitkoni vataniga qaytargani haqida xabar berdi.

O‘tgan oyning oxirida Toshkent shahar IIBB xodimlari xotirasini yo‘qotgan kishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot yuzasidan surishtiruv o‘tkazishdi. Rossiya fuqarosi bo‘lgan Dmitriy Pitko ismli shaxsning hujjatlarini qayta tiklash bo‘yicha Rossiya Federatsiyasiga so‘rov yuborildi.

Qisqa fursat ichida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Dmitriy Pitkoga Rossiya Federatsiyasining pasporti rasmiylashtirildi. Uning vatanga qaytishida faol ishtirok etgan “NTV” telekanali esa samolyot chiptasini taqdim etdi.

Pitkoga ko‘p yillar g‘amxo‘rlik qilgan toshkentlik Eduard Chulyakov va Lada Anoxina esa uni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatib qo‘ydilar.

Dmitriy hozir otasi bilan Orenburgda. O‘ylaymizki endi uning hayotida hammasi joyida bo‘ladi.

O‘zA
1 355