O‘zA O`zbek

02.05.2018 14:58 Chop etish versiyasi

Xotira va qadrlash oyligi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida may oyi “Xotira va qadrlash oyligi” deb e’lon qilindi.

Mazkur oylik doirasida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda keksalar xonadonlarida bo‘lish, ularga ko‘maklashish, turli uchrashuvlar o‘tkazish, xayriya aksiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda “Mardlik, burch va sadoqat” shiori ostidagi targ‘ibot aksiyasi doirasida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy kiyimlarni kiyingan orkestr jamoasi poytaxtimiz ko‘chalari bo‘ylab konsert dasturlarini namoyish etadi.

Oylik doirasida faol yoshlar guruhi mahallalarda bo‘lib, yoshi ulug‘lar holidan xabar oladi va ularga sovg‘alar ulashadi.

Barno Meliqulova, O‘zA
5 565