Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.05.2018 11:28 Chop etish versiyasi

Xotira aziz – qadr muqaddas

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Xotira aziz – qadr muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Prezidentimizning joriy yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega.

Fashizm ustidan g‘alaba qozonishda mardlik va matonat ko‘rsatgan ko‘pmillatli xalqimizning jasorati qalbimizga o‘zgacha faxr va iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari urush yillaridagi o‘z xotiralarini yoshlarga so‘zlab berdi. Yoshlarni Vatanni sevish, uning tinchligi va osoyishtaligini asrash, unga loyiq inson bo‘lib yetishishga chaqirdi.

Tadbir davomida urush faxriylariga qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, ikki nafar faxriyga nogironlik aravachasi topshirildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
5 771