O‘zA O`zbek

20.08.2018 15:14 Chop etish versiyasi

Xotin-qizlar qo‘mitasi yanada faollashmoqda

Xotin-qizlar qo‘mitasi yanada faollashmoqda
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanali ishga tushdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini doimiy yoritib borish hamda jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z rasmiy sahifasini tashkil qildi.

Endilikda qo‘mita faoliyatiga doir barcha yangiliklar va sohada yuz berayotgan o‘zgarishlardan link ko‘rinishida xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Qo‘mitaning Telegram’dagirasmiy kanaliga a’zo bo‘lish uchun telegramingizdagi qidiruv yo‘lakchasiga @wcuuz deb qidiruv bering va JOIN tugmasini bosing, yoki avtomatik tarzda qo‘shilish uchun quyidagi havolani bosing: https://t.me/wcuuz.

O‘zA
2 903