O‘zA O`zbek

20.01.2018 10:03 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: “Xoshamet – 2017” mukofotini topshirish marosimi

Fotoreportaj: “Xoshamet – 2017” mukofotini topshirish marosimi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Xoshamet – 2017” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

13.jpg

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan ta’sis etilgan mazkur mukofot ijtimoiy-siyosiy, madaniyat, san’at, jurnalistika, sport va tadbirkorlik sohalarida katta muvaffaqiyatga erishayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan. Mukofot 24 nominatsiya bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi.

19.jpg

Qorao‘zak tumani hokimi D.Otemuratov “Yilning eng faol hokimi”, Qanliko‘l tumanidan D.Satullayev “Yilning eng faol yosh fermeri”, A.Qurbaniyazova “Yilning eng faol yosh jurnalisti”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Yilning eng faol Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan tashkilot” nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.

1.jpg

– “Yilning eng faol yosh xonandasi” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritganimdan xursandman, – deydi Bahodir Razimbetov. – G‘oliblik bilan birga, menga qo‘shimcha ravishda “O‘zbekkonsert” tomonidan bir yillik bepul litsenziya ham berildi. Bunday imkoniyatlar yaratib berilayotgani uchun davlatimizdan minnatdormiz.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev so‘zga chiqdi.

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
12 075