O‘zA O`zbek

20.07.2019 19:07 Chop etish versiyasi

Xormang, oftob dugonalari

Xormang, oftob dugonalari

Elmira Basitxanova forum doirasida Jomboy tumanidagi “Gulnora agro yeri“ fermer xoʻjaligi ishchi xodimlari bilan uchrashdi. Bu yerda 20 nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat qiladi.

- Shu fermer xoʻjaligida olti yildan beri ishlaymiz, dala ishlarini qilamiz, pilla olamiz, - deydi Kattaqishloq mahallasida yashovchi Mirzayeva Surayyo. - Har oyda olti yuz ming soʻmdan ziyod maosh olamiz. Gʻalladan boʻshagan yerdan yarim gektariga mosh, loviya, kartoshka ekkanmiz. Paxta chopganimizga somon, pilla vaqti un, yogʻ berildi. Roʻzgʻorimiz shu yerni orqasidan, shukur.

Bosh vazir oʻrinbosari fermer xoʻjaligida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga sovgʻa-salomlar ulashdi.

Shundan soʻng, E.Bositxanova dalada mehnat qilayotgan ayollarni ozroq vaqtlarini olishga ruxsat soʻrab, ularni dala shiyponiga taklif qildi. Suhbat davomida oddiy ayollarning mashaqqatli mehnati, ayol kursidami, daladami, qayda boʻlmasin oilasining maʼnaviy posboni boʻlishi lozimligi, mehnatga munosib haq toʻlansa, fermerlar tomonidan mehnat sharoitlari yaratib berilsa ayollar hayotdan koʻngli toʻlib yashashi mumkinligi borasida fikr almashildi.

OʻzA
1 646