O‘zA O`zbek

23.07.2018 14:55 Chop etish versiyasi

Xorijlik tadbirkorlar Samarqandda turizmni rivojlantirish uchun investitsiya kiritmoqchi

Xorijlik tadbirkorlar Samarqandda turizmni rivojlantirish uchun investitsiya kiritmoqchi
Birlashgan Arab Amirliklarining “Atlantis Holiday” turistik korxonasi asoschilari Samarqandga tashrif buyurdi. Ular viloyatning bir qancha turistik obyektlarida bo‘lib, boy tarixiy-madaniy merosimizga yuqori baho berishdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, “Atlantis Holiday” turistik korxonasi rahbari Rashid Mahmud Abdulrahim Alnuri Samarqand viloyatida kelgusida qurilishi rejalashtirilayotgan turistik obyektlar loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Samarqand Siti loyihasi investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu bois ham turistik korxonalar vakillari, restoranlar hamda mehmonxonalar rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida turizm sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, sohaga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.

O‘zA
2 483