O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Xorijlik fuqaroning huquqi himoya qilindi

Xorijlik fuqaroning huquqi himoya qilindi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi, Navoiy shahar jamiyatiga Eron Islom Respublikasi fuqarosi Sayb Muharram ariza bilan murojaat qilgan.

Sayb Muharram 1989 yil Eron davlatida tug‘ilgan, Eron Islom Respublikasi fuqarosi, 2018 yil noyabr oyidan buyon O‘zbekistonda shartnoma asosida ishlab kelayotganligini ma’lum qilib, 2019 yil 20 mart kuni Navoiy shahridagi savdo do‘konlarining biridan 2 900 000 so‘mga qo‘l telefoni olganligi, ammo qo‘l telefonining hujjatlarini ololmay ovora bo‘lib yurganligini bildirgan. 

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi, Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari, Sayb Muharram ishtirokida muammoni joyiga borib o‘rganib chiqdilar va murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bartaraf etildi. 

1 006
O‘zA