Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2018 20:38 Chop etish versiyasi

Xorijiy tajriba va mahalliy ishlanmalar

Xorijiy tajriba va mahalliy ishlanmalar Poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan galdagi seminar Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, erishilgan yutuq va rejalar, elektron xizmatlar ko‘rsatishda Moldova Respublikasining tajribasini o‘rganish masalalariga bag‘ishlandi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari F.Orifjonov, Moldova hukumatining axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Yu.Surkanu va boshqalar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

– “Raqamli O‘zbekiston” (Digital Uzbekistan) loyihasi bo‘yicha Jahon banki O‘zbekistonga texnik yordam ko‘rsatmoqda, – dedi Jahon banki dasturlari bo‘yicha katta mutaxassisi Lyuda Bujorenu. – Mazkur loyihaga tayyorgarlik doirasida boshqa davlatlar mutaxassislarini ham taklif etmoqdamiz. Seminarda Moldova Respublikasi vakillari elektron davlat xizmatlari bo‘yicha tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminarda Yuriy Surkanu elektron hisobga olish tizimini yaratish va uning elektron xizmatlarni ko‘rsatishdagi roli, bunda “eID” va “Mobile eID” ekotizimlarini joriy qilish, autentifikatsiya va elektron imzoning qo‘shma platformalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, avvallari Davlat xizmatlari markazlariga kuniga 20-30 kishi murojaat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 300-700 yetgan. Bu agentlik tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi ko‘paygani bilan izohlanadi. Hozirda Davlat xizmatlari markazlari aholiga 80 turdagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda. 2025 yilga kelib ular soni 400 dan oshirilishi kutilmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
1 838