O‘zA O`zbek

02.07.2018 11:31 Chop etish versiyasi

Xorijiy sport maktablar, klublar, markazlar bilan hamkorlik kuchaytiriladi

Xorijiy sport maktablar, klublar, markazlar bilan hamkorlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Samarqand viloyatidagi olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi, Toshkent, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo viloyatlaridagi olimpiya tayyorgarligi markazlarining asosiy vazifalari belgilab berildi.

Bunda, xalqaro miqyosda O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilishga qodir sportchilarni tayyorlash, sportchilarni tayyorlash uchun xalqaro standartlarga javob beradigan moddiy-texnik bazani shakllantirish, milliy terma jamoa sportchilarini markazlashtirilgan tartibda tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash xorijiy sport maktablar, klublar, markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish kabilar markazlarning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

O‘zA
4 456