Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2018 20:41 Chop etish versiyasi

Xorijiy investitsiya: imtiyoz, imkoniyat va samara

Xorijiy investitsiya: imtiyoz, imkoniyat va samara Mamlakatimizga investitsiyaviy sharoitlar bilan tanishish, istiqbolli shartnomalar tuzish maqsadida koʻplab xorijiy kompaniyalar vakillari tashrif buyurmoqda.

Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov hududda oʻz investitsiyasi hisobiga biznes yuritishni rejalashtirayotgan bir guruh xorijlik sarmoyadorlar bilan uchrashdi.

Gretsiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan oʻtgan uchrashuvda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi va Konimex tumanida pishloq ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif etilgan loyihalar muhokama qilindi.

Qiziltepa tumanida baliqchilikka ixtisoslashgan “Mr Fish Company” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona vakillari – eronlik ishbilarmonlar ham yangi loyihalari bilan oʻrtoqlashdi. Ular bilan hamkorlikning istiqbollari va kelgusi rejalar boʻyicha kelishuvga erishildi.

Janubiy Koreyaning “Ha Jin” kompaniyasi vakillari Karmana tumanida 150 gektar maydonda qalampir yetishtirishni rejalashtirmoqda. Yetishtiriladigan mahsulot kelgusida toʻligʻicha Koreya Respublikasiga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.

Uchrashuvda mamlakatimizda iqtisodiy faoliyat yuritish borasidagi qonunchilik asoslari va amaliy sharoitlar, investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat) OʻzA
1 717