Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.02.2018 09:44 Chop etish versiyasi

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha bilan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi 1992-yil 1-yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.

Xususan, loyihaga asosan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash oliy ta’lim bo‘yicha bevosita Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

O‘zA
8 079