Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.08.2018 14:39 Chop etish versiyasi

Xorazmda oilaviy ajrimlar soni ortgan

Xorazmda oilaviy ajrimlar soni ortgan

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Xorazm viloyati Xotin-qizlar qoʻmitasining navbatdagi boshqaruv yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Unda mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʻminlash, ularning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilayotgan alohida eʻtibor yuksak samaralar berayotgani taʻkidlandi.

Yigʻilishda viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini tahlil va sarhisob qilish, kelgusidagi rejalarni belgilab olish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, quyi tizim faoliyatiga yangicha yoʻnalishlar berish, tajriba almashish, ayollar oʻrtasida uchrayotgan turli muammolarni bartaraf etish, ular bandligini taʻminlash kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Viloyatda yordamga muhtoj, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogironligi boʻlgan ayollarni aniqlanmoqda. Hududlarda 558 nafar ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning roʻyxati shakllantirilgan. Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning manzilli himoyasini taʻminlash maqsadida ularning 18 nafari arzon uy-joylar bilan taʻminlandi. 200 ga yaqini ishga joylashtirildi, shuningdek 231 nafariga moddiy koʻmak berildi. 

Yigʻilish davomida viloyatida xotin-qizlar jinoyatchiligi, ayniqsa, oilaviy ajrimlar ortib ketganligi tanqid ostiga olindi. Shuningdek, tashkilot tizimida, ayniqsa, mahallardagi mutaxassislar ishini kuchaytirish borasidagi masalalar yuzasidan aniq takliflarni oʻrtaga tashlanib, fikr almashildi.

Ahmadjon Shokirov, OʻzA
1 543