O‘zA O`zbek

11.08.2018 14:19 Chop etish versiyasi

Xorazmda bayramoldi tadbirlar davom etmoqda

Xorazmda bayramoldi tadbirlar davom etmoqda

Xorazm viloyatida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Mamlakatimiz Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ana shunday tadbirlardan biri Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda olim, yozuvchi va shoirlar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari tufayli kundan-kunga gullab yashnayotgan shahar va qishloqlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar Mustaqillik ne’mati tufayli ekani hayotiy misollar bilan tilga olindi.

Inson hayotiga tashqi ta’sirlar va axborot xurujlari shu darajada tez sur’atlarda kirib kelmoqdaki, bu shiddatkorlik ogohlikni talab etadi. Ayniqsa, yoshlar ongida ma’naviy immunitetni shakllantirish bugunning dolzarb mavzularidan sanaladi. Dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan noxush vaziyatlar, ko‘ngilsiz holatlar ham ana shunga undaydi. Ayni shu mavzu doirasida ham o‘zaro fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir san’atkor va yosh iste’dod egalarining ijodiy chiqishlari bilan yanada ko‘tarinkilik kasb etdi.

A. Shokirov, O‘zA
2 156