O‘zA O`zbek

15.08.2018 16:26 Chop etish versiyasi

Xodimlar ommaviy diktant yozdi

Xodimlar ommaviy diktant yozdi
Bugungi kunda barcha idora, tashkilot va muassasalar tomonidan xodimlarining ommaviy axborot vositalari bilan uzviy hamkorlikda ishlashi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, xodimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z tashkiloti nomidan turli ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochib faoliyat olib bormoqda. Bu esa ulardan ona tilimiz imlo qonun-qoidalarini yaxshi bilishni talab etadi. Sir emas, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarni kuzatganimizda u yerda o‘z chiqishini qilayotgan shaxslar tomonidan ona tilimiz imlo qoidalarini bilib yo bilmasdan buzgan holda postlar (yozuvlar) qoldirish holatlari ko‘payib ketdi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borayotgan foydalanuvchilarga, ayniqsa, yoshlarga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotganligi ham bor gap.

7cdd2555-13aa-4757-aeca-1a1ebad6e13d.jpg

Ana shularni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash sektorining 2018 yil ikkinchi yarim yillik ish rejasi 7-bandiga “Xodimlarning o‘qib-o‘rganishga, to‘g‘ri va xatosiz yozishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ona tilimiz asoslarini egallashga bo‘lgan ishtiyoqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlardan diktant olish tadbirini o‘tkazish“ kiritilgan, tadbirni 2018-yilning avgust oyida o‘tkazish belgilangan edi. Tadbir hamkori sifatida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi tanlandi.

a31c34d8-eab4-4371-9b0a-93f05ee0281f.jpg

Tizimda birinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur tadbir ixtiyoriylik asosida tashkillashtirildi. Unda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan rahbar va mas’ul xodimlar ixtiyoriylik va teng huquqlilik asosida ishtirok etdi.

Tadbirda xodimlar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Imlo qoidalari bilimdoni“ va “Ona tiliga hurmat va e’tibor uchun“ nominatsiyalari joriy etildi.

G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘ayrat Mamatqulov,
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati
hududiy birlashmasi raisi o‘rinbosari

2 160