O‘zA O`zbek

17.08.2018 20:53 Chop etish versiyasi

Xo‘jaobodda yoshlar festivali

Xo‘jaobodda yoshlar festivali Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida eng ulug‘, eng aziz bayramga bag‘ishlab “Mardona yashamoq, Vatanni asramoq – chin inson baxti!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan qator korxona, tashkilot va muassasalar hamkorligida tashkil etilgan festivalda salomatlik sayli, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, osh tanlovi, harbiy-texnika va jangovar qurollar namoyishi, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va bolalar ijodiyoti ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Sharq ziyokori” mas’uliyati cheklangan jamiyati Andijon filiali tomonidan tashkil etilgan badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyotlari ko‘rgazma-yarmarkasi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga xizmat qildi.

Festival Vatan, tinchlik va yoshlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan yakunlandi.

Zuhriddin Umurzoqov (surat) O‘zA
1 789