O‘zA O`zbek

29.08.2018 12:47 Chop etish versiyasi

Xoʻjaobodda 500 ta zamonaviy uy-joy quriladi

Xoʻjaobodda 500 ta zamonaviy uy-joy quriladi

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi Bogʻishamol dahasida 500 ta arzon uy-joy qurilishi boshlandi.

3.JPG

Prezidentimizning joriy yil 18-iyuldagi “2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori aholining shinam turar joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash borasidagi ishlarni yuksak bosqichga koʻtarishda muhim omil boʻlmoqda.

4.JPG

Ushbu hujjat ijrosi doirasida Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi Bogʻishamol dahasida 500 ta arzon uy-joy qurilishi boshlandi.

8.JPG

–Ayni kunlarda bunyodkorlar hududda 20 ta uy-joyning qurilish ishlariga kirishdi, - deydi viloyat “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr” davlat korxonasi Andijon shahar filiali rahbari Dilmurod Toʻlanov. – Mazkur uylar zamonaviy meʼmorchilik andozalariga muvofiq bunyod etilmoqda. Uylarning mustahkam, zilzilaga bardoshli, shinam, isitish-sovutish tizimlari mukammal boʻlishini taʼminlash quruvchi-muhandislarning asosiy eʼtiborida.

Z. Umurzoqov (surat), OʻzA
1 145