O‘zA O`zbek

26.08.2018 15:17 Chop etish versiyasi

Xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʻzolari moddiy ragʻbatlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mudofaa vazirining buyrugʻiga asosan xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʻzolariga moddiy yordam puli toʻlanadi.

Ushbu buyruq Prezidentimizning 2018 yil 28 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” shiori ostida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan tadbirlarning ijrosini taʻminlash hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning xotiralarini yod etish, ularning oila aʻzolariga yuksak ehtirom, mehr-muruvvat hamda moddiy va maʻnaviy yordam koʻrsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Buyruqqa koʻra, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʻzolariga moddiy yordam uchun ajratilgan pul mablagʻlari joylarda masʻullar tomonidan topshirilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA
1 552