Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 15:41 Chop etish versiyasi

“Xizmat – beminnat” o‘quv kurslari loyihasi: faol ishtirok etgan o‘qituvchi-murabbiylar taqdirlandi

Poytaxtimizdagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida partiyaning “Xizmat – beminnat” o‘quv kurslari loyihasining dastlabki bosqichida faol ishtirok etgan o‘qituvchi-murabbiylarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi S.Otamurodov va boshqalar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni kasb-hunarga jalb etish, ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Loyihaning dastlabki bosqichida mamlakatimiz miqyosida 374 bepul o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kurslarida 2 ming 600 dan ortiq yigit-qiz qatnashdi. Ulardan 908 nafari uyushmagan, 631 nafari fanlardan o‘zlashtirishi past bo‘lgan yoshlar va 1 ming 66 nafari kam ta’minlangan oilalar farzandlaridir. Loyihaning amaliy natijasi sifatida ishtirokchilardan 25 nafari joriy yil avgust oyida oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Yoshlar loyiha jarayonida chet tillari, kimyo, fizika, matematika, axborot texnologiyalari, sport, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlarida bepul ta’lim olmoqda.

Ushbu o‘quv kurslarida respublika, jahon miqyosidagi musobaqalar, olimpiadalar, tanlovlar va konkurslarning g‘oliblari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi sovrindorlari, mahallalarda istiqomat qilayotgan nafaqadagi ko‘p yillik tajriba va kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglar ko‘ngilli ravishda yoshlarga ta’lim berdi, kasb-hunar o‘rgatdi. Tadbirda loyihada faol qatnashgan o‘qituvchi va murabbiylarning bir guruhi partiya tomonidan taqdirlandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
2 017






Все о погоде - Pogoda.uz