O‘zA O`zbek

29.08.2018 10:32 Chop etish versiyasi

“Xizmat – beminnat” loyihasi yoshlarni bepul oliy oʻquv yurtlariga tayyorlaydi


Piskent tumanida tashkil etilgan toʻgarakda 12 nafar yosh tahsil olgan boʻlsa, shulardan 9 nafari bu yil yurtimiz oliygohlarida talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldi.

photo5197358921986189672.jpg

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Xizmat – beminnat” loyihasi bilim va kasb-hunar oʻrganish istagida boʻlgan yoshlarni chorlaydi.

Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston aholisining 60 foizidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etishi, bu masalaning naqadar dolzarb ekanligini koʻrsatadi.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan qator loyihalar bugun juda koʻplab yoshlarni oʻz atrofiga jamlab iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishlarida, kasb-hunar egallashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, partiya tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va hunar toʻgaraklariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi amalda oʻz samarasini bermoqda.

Ushbu loyiha asosida birgina Piskent tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan toʻgarakda 12 nafar yosh tahsil olgan boʻlsa, shulardan 9 nafari yurtimiz oliygohlarida talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldi.

Mazkur loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻquv-toʻgarak mashgʻulotlari bepul amalga oshiriladi.

OʻzA
2 093