O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻl qurilishi tezlashadi

“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻl qurilishi tezlashadi

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor Gʻaniyev va Qirgʻiziston Respublikasi transport vaziri Janat Beyshenov telefon orqali muloqot chogʻida kelishib oldi.

Vazirlik matbuot xizmati maʼlum qilishicha, mintaqa mamlakatlari uchun manfaatli bu loyihani amalga oshirishda maqbul yoʻnalishlarni tanlash, texnik va moliyaviy shartlar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish maqsadida tez kunlarda videoanjumanaloqa shaklida uchrashuv ham oʻtkaziladi.

Unda Xitoy transport sohasi mutasaddilari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu mamlakat rasmiylari bilan Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo aloqalarini oshirishda muhim boʻlgan multimodal transport yoʻlagidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Respublikalari transport vazirlari Xitoy, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻylab yuklarning konteynerda uzilishlarsiz tashuvini yoʻlga qoʻyish, transport vositalarining toʻsiqlarsiz oʻtishini taʼminlashga kelishib oldi.

1 597
OʻzA