O‘zA O`zbek

22.02.2019 16:52 Chop etish versiyasi

XinHua” axborot agentligi Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati haqida yozdi

XinHua” axborot agentligi Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati haqida yozdi

“Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini rivojlantirib, eksport salohiyatini namoyish etmoqchi”, deb yozmoqda “XinHua” axborot agentligi. 

Xitoy yetakchi axborot agentligi Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmon mazmun-mohiyati haqida toʻxtalarkan, mamlakatda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi sifati yuqoriligi, uni tayyor mahsulot koʻrinishiga keltirish va eksportga yoʻnaltirish katta daromad keltirishiga urgʻu berdi. 

Bundan tashqari, 2025 yilga kelib, yirik axborot manbasi mahsulotlarni tashqi bozorga yoʻnaltirish orqali eksport hajmini 7 milliardga yetkazish koʻzda tutilganini taʼkidlagan. 

“Paxta Oʻzbekistonning eng daromadli mahsulotidir. Ammo soʻnggi paytlarda davlat eksport oʻrniga undan mahsulot ishlab chiqarish, toʻqimachilik sanoatini taraqqiy ettirish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda. 

... 2018 yili Oʻzbekiston toʻqimachilik eksporti jadal suratlarda oʻsdi. Toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorga sotish oldingi yilga nisbatan 41,4 foizga oshib, bu 1,6 milliard AQSH dollariga yetdi”, deydi “XinHua”. 

Olimjon Jumaboyev, OʻzA
523