O‘zA O`zbek

13.11.2019 Chop etish versiyasi

XDP vakili 2,5 million so‘m 5 nafar farzandli oila ta’minotiga qanday yetishi yuzasidan izoh berdi

XDP vakili 2,5 million so‘m 5 nafar farzandli oila ta’minotiga qanday yetishi yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq demokratik partiyasi yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovning “Besh nafar farzandi bor fuqaro bitta oylik maoshi bilan yashayotgan bo‘lsa, 2,5 million oylik olsa, bemalol uyidagi besh nafar farzandiga yetkazib bera oladi. Buni iqtisodchilar hisoblab chiqqan”, qabilidagi so‘zlari keng muhokama va bahslarga sabab bo‘ldi.

Bugun Xalqaro matbuot markazida o‘tkazilgan Press-kofe anjumanida ishtirok etgan Xalq demokratik partiyasi vakili Ravshan Xomitov o‘z partiyadoshining so‘zlariga aniqlik kiritdi.

“Bizning siyosiy partiyamiz rahbari, hurmatli Ulug‘bek Ilyasovich 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga yetadi, degan fikrni bildirganida oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagan. Balki faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutgan edi”, dedi Ravshan Xomitov.

858
O‘zA