O‘zA O`zbek

19.08.2018 10:55 Chop etish versiyasi

Xayriya hashari: Uying obod, ko‘ngling obod

Xayriya hashari: Uying obod, ko‘ngling obod

2018-yil avgust oyi universitet hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitning tozaligini saqlash ishlari olib borilmoqda. 

photo5458697837882747185.jpg


Shuningdek, 18-19-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Hasharda oliy ta’lim maskanida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar – soha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ixtiyoriylik asosida uyushqoqlik bilan xayriya hasharni boshlab yuborishdi.

Universitet tarkibidagi 10 ta fakultetning hududlarida tozalash ishlari olib borilib, gulzor va daraxtzorlarni yer qismi chopildi. Xayriya hasharida universitetning Geologiya, Fizika, Tarix va Iqtisod fakultetlariga yangi qabul qilingan talabalar ham ko‘ngilli ravishda ishtirok etdi. Daraxtlarni oqlash, yo‘laklarni chiqindilardan holi etishda universitet xodimlariga ko‘maklashayotgan yoshlar yangi o‘quv yilida mazkur dargohning ozoda va toza bo‘lishini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, “Uying obod, ko‘ngling obod”, deganlaridek hasharchilar o‘z uylaridek bo‘lgan oliy ta’lim dargohini biroz mehri va mehnati bilan ko‘rkamlashtirdi.

O'zA
1 941