O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Xavfsizlik qoidalariga rioya etmagan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

Xavfsizlik qoidalariga rioya etmagan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi
Joriy yilning 2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJga tegishli bo‘lgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi va chipta sotuvchi yo‘lda harakatlanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan smartfonda video tomosha qilib ketayotgani tasvirlangan lavha tarqaldi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati mazkur holatga oydinlik kiritish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Ushbu holat 8-avtobus saroyiga qarashli 118-yo‘nalishda xizmat faoliyatini olib boruvchi haydovchi M. Sidiqov va chiptachi F. Rasulov tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ularning har ikkisiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan. Ular haydovchilik va chiptachilikdan olinib xo‘jalik ishlariga jalb etilgan. 

281
O‘zA