Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 18:45 Chop etish versiyasi

Xavfli jinoyatchi fosh etildi

Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida noma’lum shaxs yolg‘iz yashovchi keksa yoshdagi fuqarolar xonadonlariga kelib, o‘zini yangi ko‘chib kelgan kishi yoki lift ustasi sifatida tanishtirgan. Uning tuzog‘iga ilingan fuqarolar xonadonlaridan turli miqdordagi naqd pullar va moddiy qimmatliklarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Yuqorida qayd qilingan jinoyatlarni fosh qilish, jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar miqyosida keng qamrovli tezkor qidiruv chora-tadbirlari o‘tkazildi.

Qidiruv natijalariga ko‘ra, jinoyatchi 1965-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, o‘g‘irlik va boshqa turdagi jinoyatlar sodir qilganligi uchun muqaddam sudlangan G‘afurjon Toshev ekanligi aniqlandi va daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozir jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

G‘.Toshev tomonidan keksa yoshdagi fuqarolarga nisbatan shu turdagi jinoyatlar sodir qilinganlik ehtimoli mavjudligi sababli, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh hamda boshqa shaxslarga uning fotosuratini ko‘rsatishingiz, agarda shu turdagi jinoyatlar sodir qilinganligi aniqlangan taqdirda ichki ishlar bo‘limlariga xabar berishingizni so‘raymiz!

Keksa yoshdagi fuqarolarga nisbatan kelgusida shu kabi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida yoshi keksa qarindosh yoki qo‘shnilaringizni ushbu jinoyatlar va ularning sodir etilish usullari haqida xabardor qilib, shunga o‘xshash holatlar bo‘lgan taqdirda zudlik bilan “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilish lozimligi haqida eslatib o‘ting!

Toshkent shahar 
Ichki ishlar Bosh boshqarmasi


2 062






Все о погоде - Pogoda.uz