O‘zA O`zbek

03.06.2020 Chop etish versiyasi

Xatirchi tumani adliya boʻlimi yangi binoda ish boshladi

Xatirchi tumani adliya boʻlimi yangi binoda ish boshladi
Navoiy viloyati Xatirchi tumani adliya boʻlimining ikki qavatli binosi barcha qulayliklarga ega boʻlib, uning qurilish qiymati 1 milliard 200 million soʻmni tashkil etgan.

Binoning davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilishi evaziga davlat byudjeti mablagʻlari tejab qolingan. Bu respublika miqyosida davlat xususiy sherikchiligi asosida qad rostlagan birinchi adliya boʻlimi hisoblanadi.

Adliya boʻlimida aholiga xizmat koʻrsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan, elektron shaklda xizmat koʻrsatish ham yoʻlga qoʻyilgan. Qolaversa, binoda davlat tashkiloti va idoralariga huquqiy axborotlarni tarqatish, qonunchilikdagi yangiliklarni tushuntirish uchun maxsus jihozlangan oʻquv xonalari ham tashkil etilgan. Notarial xizmat koʻrsatish uchun ham imkoniyat yaratilgan.

Bundan tashqari, binoda tadbirkorlik subyekti sifatida umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati ham yoʻlga qoʻyilib, bu orqali oʻnga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlanishi kutilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur zamonaviy bino kelgusida minglab insonlarning murojaatlarini hal etish, ogʻirini yengil qilishga xizmat qiladi.

1 346
OʻzA