O‘zA O`zbek

11.09.2018 13:06 Chop etish versiyasi

“Xartum” konida amalga oshirilayotgan ishlar qanday natija bermoqda?

“Xartum” konida amalga oshirilayotgan ishlar qanday natija bermoqda?

Istiqlol shodiyonalari arafasida mazkur kondagi 83-sonli quduqdan neft qazib olish boshlangan edi.

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati maʼlum qilishicha, “Xartum” konida amalga oshirilayotgan ishlar istiqbolli natijalar bermoqda. Istiqlol shodiyonalari arafasida mazkur kondagi 83-sonli quduqdan neft qazib olish boshlangani fikrimiz isbotidir.

Andijon viloyatida joylashgan “Xartum” konidagi ushbu quduqning neft debiti kuniga 30 kub metrni tashkil etmoqda. Quduq zamonaviy texnologiyalar bilan burgʻilangani bois neft va gaz quduqlarini burgʻilash tez va sifatli bajarilmoqda.

Taʼkidlash joizki, 82-sonli quduqning qurilishi 18 oy davom etgan boʻlsa, 83-sonli quduq uchun bor yoʻgʻi 3 oy sarflangan. Bu qurilish jarayonining 600 foizga tezlashganida yuqori texnologiyalar muhim omil boʻldi.

Shuningdek, bunday yutuqlar “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasi va Xitoyning “Xibu” kompaniyasi mutaxassislarining oʻzaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasi hamdir.

Endi yaqin kelajakdagi reja qoʻshimcha 3-4 quduqni burgʻilash. Bundan koʻzlangan maqsad paleogen yotqizigʻining 8-qatlamidan neft qazib olishni koʻpaytirish va 4 ming 300 metrgacha chuqurlikda joylashgan gazli qatlamlarni baholashdir.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA
1 194