Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2017 12:48 Chop etish versiyasi

Xalqimizni rozi qilish burchimiz

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning muassasamizga tashrifi mamlakatimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirishga davlat miqyosidagi e’tiborning yorqin namunasi bo‘ldi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholining malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqini ta’minlash, zamonaviy tibbiy yordamni odamlarga yanada yaqinlashtirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, xalqimizni sifatli dori-darmon vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qator huquqiy hujjatlar, shu yilning 5-yanvar va 7-fevral kunlari Prezidentimizning soha xodimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

Muassasamiz insonlar salomatligini tiklash, turli shikastlanish va xastaliklar tufayli yuzaga keladigan asoratlar xavfining oldini olish, qisqacha aytganda, xalqimizning uzoq umr kechirishini ta’minlashga baholi qudrat hissa qo‘shib kelmoqda.

Bugungi taraqqiyot, mamlaktimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirish, faoliyatimizga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan muassasamizni to‘liq rekonstruksiya qilish, bo‘limlarni jahon standartlariga mos tibbiy texnologiyalar, asbob-uskunalar bilan ta’minlash, yangi qabulxona, reanimatsiya, komputer-tomografiya, operatsiya qilish xonalari qurish mo‘ljallanayotgani nafaqat jamoamizni, balki viloyatimiz ahlini g‘oyat quvontirib yubordi.

Davlatimiz rahbari shoshilinch tibbiy yordam tizimini dunyo talablari darajasiga olib chiqish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini – qishloq vrachlik punktlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.

Muassasamiz moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanishi, zamonaviy tashxis qo‘yish va davolash uskunalari bilan jihozlanishi bemorlarni tezkor ambulator tekshiruvdan o‘tkazish, zaruratga qarab statsionar sharoitda ilg‘or usullarda davolashga imkon yaratadi.

Bunday imkoniyat va e’tibor jamoamizni xursand qilish barobarida zimmamizga katta mas’uliyat ham yuklaydi. Zero, odamlar eng ulkan boyligi – o‘z salomatligini asrashni bizga ishonar ekan, bu ezgu maqsad yo‘lida bor kuch va salohiyatimizni ayamasligimiz, hatto butun borlig‘imizni baxshida etishimiz kerak. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shundagina xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.

Jamshid Tohirov,
Respublika shoshilinch tibbiy yordam
ilmiy markazi Buxoro filiali direktori.

O‘zA
1 561






Все о погоде - Pogoda.uz