O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 16:56 Chop etish versiyasi

Xalqaro transport yoʻlaklari

Xalqaro transport yoʻlaklari
Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, 20-21-sentyabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Tadbir davomida oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida xalqaro transport yoʻlaklaridan samarali hamda oʻzaro manfaatli foydalanish, Markaziy Osiyoda yagona, koʻp tarmoqli, shuningdek, tashqaridan integratsiyalangan transport maydonini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad – xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport yoʻlaklarini shakllantirish boʻyicha muloqotni yanada rivojlantirishdan iborat.

OʻzA