O‘zA O`zbek

11.07.2019 21:37 Chop etish versiyasi

Xalqaro tashkilot vakillari“Adolat” SDP faoliyati bilan tanishdi

Xalqaro tashkilot vakillari“Adolat” SDP faoliyati bilan tanishdi

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosining Ehtiyojlarni baholash Missiyasi (EBM) delegatsiyasi rahbari – Saylovlar boʻyicha departament boshligʻi Aleksandr Shlik, Saylovlar boʻyicha maslahatchi Ulvi Axundlu, YEXHTning Parlament assambleyasi dasturlari boʻyicha xodimi Farima Daftari bilan uchrashdi.

N.Umarov delegatsiya aʼzolariga partiya va uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, deputatlarning qonun tashabbuskorligi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlik korpuslari faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shuningdek, partiya va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati haqida gapirib berdi.

Ekspertlar Oʻzbekiston “Adolat” SDPning siyosiy maydondagi oʻrni, partiya tomonidan ilgari surilayotgan gʻoya va maqsadlar, shuningdek, ularni amalga oshirish usullari toʻgʻrisida ham keng tushunchaga ega boʻldi. Uchrashuv davomida barcha savollarga asoslangan va konstruktiv javoblar berildi.

Muhayyo TOSHQORAYEVA, OʻzA
894