O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti Bosh assambleyasining yigʻilishi onlayn shaklda boʻlib oʻtdi

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti Bosh assambleyasining yigʻilishi onlayn shaklda boʻlib oʻtdi

Bosh Assambleyaning 43-yigʻilishi ISO tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ISO tashkiloti prezidenti Eddi Nyoroge, Bosh kotib Serxio Muxika, Moliyaviy masalalar boʻyicha vitse-prezidenti Mitsuo Matsumoto va texnik tashkiliy masalalar boʻyicha vitse-prezidenti Sau Kuk Choy tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida standartlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar taqdim qildi.

“Oʻzstandart” agentligixabariga koʻra, muloqotda tashkilot tomonidan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi korxonalariga koʻrsatilgan yordamlar, ISO 2030 rivojlanish strategiyasi, ISO kengashiga yangi nomzodlarni saylash, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, standartlashtirish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qoʻllanishiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda 165 ta mamlakatning Milliy standartlashtirish tashkiloti rahbarlari, jumladan “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov ham ishtirok etdi.

1 091
O'zA